Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining quyidagi hududlariga 27-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Chilonzortumani Aholi isteʼmolchilar:“Zarqoʻrgʻon”, “Fidokor”, MFYlari 16-mavze, “Navbahor” va “Katta Navbahor” MFYlari, S-mavzesi, 7-8-9-10-mavzelar, “Koʻtarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Lutfiy”, “Oqtepa sohil boʻyi”, “1-Qatortol”, “Nafosat”, “Diyor”, “Qatortol”, “Choʻponota”, “Bogʻzor”, “Oqtepa”, MFYlaridagi 13836 ta koʻp qavatli xonadon va 1842 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 68 ta
Uchtepa tumani Aholi isteʼmolchilar: “Tepa Qoʻrgʻon”, “Qoʻrgʻontepa”, “Koʻxna Choʻponota”, “Bogʻobat”, “Bogʻiston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari va Uchtepa tumani 11, 12, 13, 14, 15, 26-mavzelari koʻp qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 76 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi. “Hududgaz Poytaxt” GTF