Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLOT, SHOFIRKON, ROMITAN, KOGON, QOROVULBOZOR, BUXORO TUMANLARINING BAʼZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TAʼMINOTI VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Olot tumani Xalifa, Navroʻz va Eski Olot mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 273 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Shofirkon tumani Kalon, Joʻrobod va Mahallaqozi mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasi, Ibn Sino mahallasining Mustaqillik koʻchasi va Tarnaut mahallani tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57, 76 va 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Kogon tumani Istiqlol mahallasi Ipak Yoʻli va Mashʼal koʻchalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 76 va 89 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 13:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Qorovulbozor tumani Tinchlik mahallasi Oʻzbekiston va Saxovat koʻchalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 76 va 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tumani Istiqbol va Qavola Mahmud mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 va 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 27-mart soat 9:00 dan to soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati