Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Sergeli, Bektemir, Yangihayot va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 29-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Sergeli tumani (soat 14:00 dan 16:00 gacha) Aholi isteʼmolchilar: “Eshonbuloq” MFYdagi Muqanna, Xonobod koʻchalari, “Sadoqat” MFYdagi Tabarruk, Tavallo koʻchalari, “Xonobod” MFYdagi “Kichik soy” koʻchasidagi 1322 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 24 ta
Bektemir tumani (soat 14:00 dan 16:00 gacha) Aholi isteʼmolchilar soni: 60 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 6 ta
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) Aholi isteʼmolchilar: “Yoʻldosh”, “Al Fargʻoniy”, “Toshkent”, “Fayzli”, “Charchoq”, “Charogʻon” MFYlaridagi 2497 ta yerli xonadon va 884 ta koʻp qavatli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 46 ta Olmazor tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari: “Ziiyo” MFYdagi yerli va koʻp qavatli 180 ta xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar: 5 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.