Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Vobkent tumanida 22 ta mahalla suyultirilgan gaz taʼminotiga moslashtirilgan boʻlib, gaz taʼminoti filiali tomonidan ularga oʻz vaqtida maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Taʼkidlash lozim, jarayonlar davomida gaz ballonidan toʻgʻri foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish toʻgʻrisida tushuntirishlar ham berilmoqda.
Tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlarining navbatdagi manzili “Xoʻjarabot”, “Bozorjoyi”, “Mirvoshi” mahallalarida boʻldi. Kun davomida 300 dan ortiq xonadon 35 kunga bormay gaz balloni bilan taʼminlandi. Jarayonlarda gaz ballonidan toʻgʻri foydalanish hamda xavfsizlikka rioya qilish toʻgʻrisida ham tushuntirishlar berilmoqda.
Eslatib oʻtamiz: suyultirilgan gazdan foydalanuvchi isteʼmolchi maishiy gaz ballonlaridan foydalanish qoidasi va tartibini bilishi shart.
Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar, yaʼni faqat ovqat tayyorlash va choy qaynatishi uchun foydalanishi mumkin;
Gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishi shart;
Gaz taʼminoti tashkiloti vakillarining u tegishli guvohnomani koʻrsatganidan soʻng gazdan foydalanuvchi uskunani, maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirishi, profilaktik xizmat koʻrsatishi, tekshirishi uchun erkin kirish imkonini taʼminlashi lozim;
Gaz asboblaridan foydalanishda bolalarni, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilmagan shaxslarni qoʻymaslik kerak;
Gaz uskunalari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan xonalarda uxlash, dam olish taʼqiqlanadi;
Gaz asboblarini toza holda saqlash shart;
Suyultirilgan uglevodorod gazining hidi xonalar, yertoʻla, yoʻlak ichi, hovli yoki koʻchada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna, gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda 104 raqami orqali avariya-dispetcherlik xizmatiga xabar berilishi shart;
Maishiy gaz balloni qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan plombalarning butunligini taʼminlashga har bir isteʼmolchi majbur hisoblanadi!
Unutmang! Maishiy gaz ballonidan toʻgʻri foydalanish qoidalariga rioya etish xavfsizlikni taʼminlovchi muhim omildir.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati