Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gʻijduvon tumani Abdulla Qahhor va Todon mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 76 va 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 11-iyun soat 13:00 dan 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Qorakoʻl tumani Zarafshon, Chekirchi, Eskiqalʼa, Tashabbus, Qozon, Tojikent, Regihaydar, Tayqir, Tinchlik, Doʻstlik, Xoʻjalar, Dargʻabogʻi va Paxtakor mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219 va 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 11-iyun kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati