Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUXORO, JONDOR, QOROVULBOZOR, GʻIJDUVON, ROMITAN, KOGON TUMANLARINING BAʼZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TAʼMINOTI VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Buxoro tumani Rabotak, Istiqlol, Saxovat, Gala Osiyo, Doʻstlik, Navroʻz, Mustaqillik, Qavola Mahmud va Oybek mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Jondor tumani Oytugʻdi mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 89 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16-aprel soat 13:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Qorovulbozor tumani Tinchlik mahallasi Oʻzbekiston va Saxovat koʻchalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16-aprel soat 8:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Gʻijduvon tumani Toshloq, Ayirton, Baraka, Paxtaobod, Amirobod, Kallon, Tavariyon, Sarvari, Qaraxoniy, Qorabogʻ, Qoʻriq, Olmazor, Koʻkcha, Gʻalaba, Havzak, F.Xo‘jayev va Zarangari mahallarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219 mmli yuqori bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16 aprel soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli yuqori bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Kogon tumani Taraqqiyot va Oʻzbekiston mahallarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 16-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati