Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI JONDOR TUMANIDAGI BARCHA TABIIY GAZ ISTEʼMOLCHILARIGA VA KOGON, BUXORO, ROMITAN TUMANLARI HAMDA BUXORO SHAHRINING BAʼZI HUDUDLARIGA TABIIY GAZ TAʼMINOTINI YETKAZIB BERISH VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Kogon tuman Istiqbol, Beklar, Nurafshon, Oʻrtachoʻl mahallalari va Buxoro shahridagi Nizomiy va Jalol Ikromiy mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 va 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 28-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Romitan tumani Doʻstlik va Guliston, mahallalalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 28-mart soat 10:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Kogon tumani Yangihayot mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 28-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tumani Otbozor, Xonabod va Sheyxon mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 28-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Jondor tumanidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 530 mmli yuqori bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 28-mart soat 8:00 dan soat 17:00 gacha hududdagi barcha tabiiy gaz isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati