Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ koll-markazining 1104 raqami orqali isteʼmolchilarning tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish bilan bogʻliq savol va murojaatlarini qabul qilishga moʻljallangan aloqa kanali ishga tushirildi.
Bugungi kunda tabiiy gazni tejashda eng samarali usullardan biri energotejamkor texnologiyalardan foydalanishdir. Zamonaviy yondirgichlar gaz sarfini 30–40 foizgacha kamaytiradi va xarajatlarni iqtisod qiladi.
Isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan har bir tuman-shaharlar kesimida 208 ta “Xavfsiz gaz” Telegram-guruhlari tashkil etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mutaxassislar yangi uskunalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar beradi va energiya tejamkor texnologiyalarni oʻrnatish boʻyicha buyurtmalarni qabul qiladi.