Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro shahar Furqat, Istiqlol, Doʻstlik va Avshormahalla mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 15-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tumani Shergiron mahallasi Taxmach qishlogʻini, Otbozor mahallasi Suvobod qishlogʻini va Sheyxon mahallasi 4-massivni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 15-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Romitan tumani Afrosiyob mahallasi Shifokorlar koʻchasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 15-aprel soat 13:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati