Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUXORO SHAHRI VA GʻIJDUVON, ROMITAN, OLOT, QORAKOʻL, BUXORO TUMANLARINING BAʼZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TAʼMINOTI VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Romitan tumani Toshrabot mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 114 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 29-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Olot tumani Xossaboʻyi va Opshoq mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli yuqori bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 29-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro shahar Narshaxiy, Sheroziy, Nizomiy, Jalol Ikromiy, Dilkusho, Guliston, Sadriddin Ayniy mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219-325 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 29- mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tuman Doʻstlik, Bogʻi Kalon mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 29-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Gʻijduvon tuman Oʻzanon mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 29-mart soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Qorakoʻl tuman Tojikent, Paxtakor, Eski qalʼa, Qozon, Tashabbus, Regihaydar mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 29-mart soat 9:00 dan to soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati