Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI GʻIJDUVON TUMANIDAGI BARCHA TABIIY GAZ ISTEʼMOLCHILARIGA, BUXORO, KOGON SHAHAR, BUXORO, ROMITAN, PESHKU, QORAKOʻL, SHOFIRKON TUMANLARIDAGI BAʼZI MAHALLALARGA TABIIY GAZNI YETKAZIB BERISH VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Gʻijduvon tumanidagi kesimi 325 mmli yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan nosozlikni bartaraf qilish maqsadida 17-aprel kuni soat 09:00 dan soat 17:00 ga qadar “Gʻijduvon” gaz taqsimlash stansiyasi orqali Gʻijduvon tumanidagi barcha tabiiy gaz isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Buxoro shahar Yoshlik mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 89 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tumani Decha mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Romitan tumani Ibin Sino, Tarnaud va Qalaychorbogʻ mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 76 va 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Peshku tumani Chigʻirchi mahallasining Shodlik koʻchasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi kesimi 114 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Shofirkon tumani Qalmakon, Zarchabek, Xoʻja Orif va Shodlik mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 102 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Kogon shahar Mirzo Ulugʻbek, Bobur, Istiqlol va Bunyodkor mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 273 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 10:00 dan soat 17:30 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Qorakoʻl tuman Doʻstlik va Tojikent mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel soat 10:00 dan soat 17:30 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati