Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gʻijduvon tumani Pamoʻza, Abdulla Qahhor, Dilkusho, Nodira, Gulistonobod, Havzak mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Qorovulbozor tumani Jarqoq mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 18:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati