Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi xodimlari, “Qorako’ltumangaz” gaz ta’minoti korxonasi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi mas’ul vakillari tomonidan viloyatning Qorako’l tumanida navbatdagi reyd tadbiri tashkil etildi. Unda aholi iste’molchilariga tegishli bo'lgan maishiy gaz ballonlaridan umumiy ovqatlanish obyektlarida foydalanishning oldini olish va tadbirkor gazni ishlatganda xavfsizlikka rioya qilib kelishi zarurligiga e’tibor qaratildi.
Fikrimizni misollar asosida davom ettirsak. Xodimlar tumanga qarashli markaziy bozordagi bir qator umumiy ovqatlanish shoxobchalarida bo’lishdi. Shubhasiz, gaz ballonlaridan noto’g’ri foydalanayotganlar hamda aholi iste’molchilari foydalanishi uchun mo’ljallangan, gaz ta’minoti bo’limiga tegishli bo’lgan maxsus bar kodli gaz ballonlarini ishlatib kelayotganlar ham yo’q emas. Bu bo’yicha tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, aholi iste’molchilari uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz ballonlaridan tijorat maqsadida foydalanmasliklari hamda agar ushbu holat qayta takrorlansa iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning bekor qilinishi to’g’risida ogohlantirildi.
Mavjud muammolar yuzaga kelsa, o’zboshimchalik bilan ta’mirlamaslik lozimligi, gaz ballonlarining o’rnatilish tartibi haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlash lozim, reyd tadbirlari davomida har bir tadbirkor o’z faoliyatini qonuniy olib borishi, aholiga tegishli bo’lgan maishiy gaz ballonlaridan umuman foydalanmasligi haqida tushuntirildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati