Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUXORO SHAHRI, BUXORO, JONDOR, QORAKOʻL, QOROVULBOZOR TUMANLARINING BAʼZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TAʼMINOTI VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI
Buxoro shahar Istiqlol, Doʻstlik va Avshormahalla mahallarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 13- aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Buxoro tuman Shergiron mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 100 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 13- aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Jondor tuman Xumdonak va Poʻloti mahallarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 76 va 89 mmli oʻrta bosimli gaz quvurlarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 13-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga;
Qorovulbozor tuman Imom Buxoriy mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 57 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 13-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar hudud isteʼmolchilariga;
Qorakoʻl tuman Doʻstlik mahallasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 159 mmli oʻrta bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 13-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati