Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Toshkent viloyati Nurafshon shahri, Piskent, Zangiota va Yuqorichirchiq tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Nurafshon shahri, Piskent, Zangiota va Yuqorichirchiq tumanlarining ayrim hududlariga 17-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Nurafshon shahri (09:00 dan 17:00 gacha): “Dexobod” MFY Aholi xonadonlari soni – 450 ta Ulgurji isteʼmolchilar soni – 2 ta
Piskent tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Ko‘l ota” MFY Aholi xonadonlari soni – 460 ta Ulgurji isteʼmolchilar soni – 2 ta
Zangiota tumani (12:00 dan 17:00 gacha): “Turopobod” MFY Aholi xonadonlari soni – 415 ta Ulgurji isteʼmolchilar soni – 6 ta
Yuqorichirchiq tumani (13:00 dan 16:30 gacha): “Yoshlik” MFY Aholi xonadonlari soni – 63 ta Ulgurji isteʼmolchilar soni – 8 ta
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.