Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI ROMITAN, QORAKO'L, KOGON, BUXORO TUMANLARI VA BUXORO SHAHRINING BA'ZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI
Romitan tumani Mirishkor, Tarnaut, Bog‘cha, Bobur mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 100-219 mmli o‘rta bosimli gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste’molchilariga;
Qorako'l tumani Qorako', Do‘rman, Qulonchi, Sayyod mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 159 mmli o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste’molchilariga;
Kogon tumani Mustaqillik mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 89 mmli o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste’molchilariga;
Buxoro tumani Rabotak, Qavola Mahmud, Istiqbol, Bog‘i kalon, Saxovat, Ko‘chko‘mar, Sheyxoncha mahallalari va Buxoro shahar Yangi obod, Moxi xossa, Sheyxon mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 500 mmli yuqori bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste’molchilariga;
Buxoro shahar Fayzulla Xo‘jayev mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 100 mmli o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 18-aprel soat 9:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati