Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Shofirkon-2” gaz taqsimlash stansiyasining Gʻijduvon tarmogʻida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 10-iyun kuni soat 11:10 dan to taʼmirlash ishlari tugaguniga qadar Gʻijduvon tumanidagi Qarobogʻ, Xalqobod, Olmazor, Qoʻriq, Toshloq, Baraka, Paxtaobod, Oʻkcha, Ayirtom, Sarvari, Kalon, Havzak mahallalari va Tavaryon mahallasining Beruniy koʻchasida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati