Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 26-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari: “Zarqurgʻon”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Koʻtarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabogʻ”, “Qazirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 6858 ta xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar: Ushbu hududdagi 68 ta ulgurji isteʼmolchilar
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari: “Tepa Qoʻrgʻon”, “Koʻxna Choʻpontepa”, “Bogʻobod”, “Bogʻiston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari koʻp qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar: Ushbu hududdagi 76 ta ulgurji isteʼmolchilar Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari: “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 10 ta Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari: “Qizgʻaldoq” MFYdagi 260 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar: 4 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.