Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro tumani Sheyxoncha, Koʻchkumar mahallasi va Buxoro shahar Yangi obod, Moxi xossa, Sheyxon mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, kesimi 219 mmli oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash maqsadida 17-aprel kuni soat 13:00 dan to soat 18:00 gacha hudud isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati