Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida “Paxtachitumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi mutaxassislari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan reyd tadbirlarida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Tumanning “Jalolobod” MFYda yashovchi fuqaro J.Sharipov oʻziga tegishli boʻlgan, vaqtincha hech kim yashamaydigan xonadonda gazdan noqonuniy foydalangan holda ohak ishlab chiqarish bilan shugʻullangani maʼlum boʻldi.
Sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi va barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuborildi.