Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navbatdagi profilaktik tadbir “Vobkent” va “Kogongaz” gaz taʼminoti boʻlimlarida boʻlib oʻtdi. Unda tuman gaz taʼminoti boʻlimi va gaz taʼminoti filialining “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida har bir ishchi oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashishi, faoliyati davomida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymasligi, ularning oldini olinishida ahamiyat qaratilishi haqida tushuntirildi.
Taʼkidlash lozim, bugun tizimda korrupsion holatlarning bartaraf etilishi uchun qator ichki-idoraviy hujjatlar imzolangan. Tadbirda aynan ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi. Ushbu xatoga yoʻl qoʻyilganlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora koʻrilishi, qolaversa, bu nafaqat soha xodimining, balki butun boshli tizim faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi taʼkidlandi. Xodimlar tomonidan fikrlar, takliflar va mulohazalar bildirib oʻtildi. Tadbir davomida chuqur mazmunga ega taqdim etilgan videolavha asosida esa xulosa chiqarilishi qayd etildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati