Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi aholining murojaatlarini o’rganish uchun gaz ta’minoti filialining mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Navbatdagi qabul tumanning “Sharq” mahallasida bo’ldi.
Ushbu mahalla tabiiy gaz ta’minotiga moslashtirilgan hudud hisoblanadi. Ularga o’z vaqtida hamda xavfsiz tabiiy gazni yetkazib berish uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari samarali tashkil etildi. Gaz quvurlari, gaz maromlash qurilmalari estetik jihatdan tartibga keltirildi.
Tashkil etilgan sayyor qabulda to’lov tizimidagi ba’zi bir muammolar, gaz jihozlarining sozligiga e’tibor qaratish hamda energotejamkor gaz yondirgichlari va shunga o’xshash boshqa bir qator muammolar kelib tushdi. Soha vakillari tomonidan gaz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish bevosita joriy yilda imzolangan Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori asosida amalga oshirilishini aytib o’tishdi. Shuningdek, energotejamkor gaz yondirgichlarining qulayligi, uni sotib olish, qanday o’rnatilishi borasida ham tushunchalar berildi. O’rganishlar davomida iste’molchilar tomonidan takliflar, fikr va mulohazalar bildirildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati