Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialida shahar-tuman bo‘limlarining bosh muhandislari hamda gaz ta'minoti ob'ektlaridan samarali foydalanish bo‘limi boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududgazta'minot” AJning “Mehnatni muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, gaz va elektr xavfsizligi, favqulotda holatlarni o‘rganish hamda ularni oldini olish boshqarmasi" boshlig‘i Abdusattor Qayumov ishtirok etdi.
“...Joriy yilgi mavsum uchun barcha shahar-tuman bo‘limlari shay holatga keltirilgan, - deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali bosh muhandisi Xurshidbek Qodirov. – Jumladan, joylarda avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish uchun zahira materiallari tayyorlandi. Har bir bo‘limda chilangarlar va payvandchilardan iborat navbatchilik guruhlari tuzilgan...”
Uchrashuv davomida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, shuningdek mavsum davomida aholiga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish, iste'molchilar orasida is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha targ‘ibotlarni kuchaytirish, avariya-dispetcherlik xizmatlari va avariya-tiklash guruhlarining doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati