Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kogon tumanining “Xo’ja Yakshaba” mahallasida gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Murojaatlarni o’rganish davomida iste’molchilarga tizimdagi o’zgarishlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan 204-sonli qarorda belgilab qo’yilgan gaz tariflari hamda boshqa xavfsizlik qoidalariga haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Hudud ham tabiiy, ham suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Kelib tushgan murojaatlar asosan mahallani to’liq tabiiy gaz ta’minotiga moslashtirish, suyultirilgan gaz narxi, energotejamkor gaz jihozlarining qanday qulayliklari borligi haqida bo’lib, gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari tomonidan barchasi bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi va tushuntirildi. Xususan, tabiiy gaz tariflarida kuzatilgan o’zgarish singari suyultirilgan gaz uchun ham bevosita narxlarning o’zgarganligi qaror mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’kidlab o’tildi. Fikrlar, takliflar eshitildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati