Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navroʻz – bahor va tabiat uygʻonishining timsoli. Sharqona yangi yil aynan shu sanadan boshlangani bejiz emas. Navroʻz bizni atrof mamlakatlar xalqlari bilan tarixiy birligimizni ham namoyon etadi. U toʻrt ming yildan buyon Markaziy Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Kavkazorti va shu ulkan hududlardagi boshqa xalqlarning bahorni qarshi olish bayrami sifatida nishonlab kelingan.
Joriy yilgi Navroʻz bayrami Yangi Andijonda “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida keng nishonlanmoqda. “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali vakillari ham mazkur umumxalq bayramida munosib ravishda ishtirok etmoqdalar. 2024 yilning bir sharofati shundan iboratki, Navroʻz muqaddas Ramazon oyida nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan kecha, Yangi Andijon massivida soha xodimlari uchun ajratilgan maydonda iftorlik dasturxoni yozildi. Gaz sohasi ayollari tomonidan bayram uchun sumalak pishirildi. Bayram tom maʼnoda oʻyin-kulgilar bilan hammani koʻngliga iliqlik olib kirdi.
Bugun erta tongdan Yangi Andijonga odamlar oqib kela boshladi. Xalq sayli sifatida oʻtkaziluvchi bayram davomida gaz sohasi vakillari kuni kecha tayyorlangan sumalakni ochishib, mehmonlarga ulashdilar. Sumalak bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham mehmon qilindi. Bayram tadbirlari viloyat boʻylab davom etmoqda. Xalqimiz, soha vakillari ham ushbu bayramda hordiq olishmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati