Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“HududgazNavoiy” gaz taʼminoti filiali tomonidan aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida muntazam ishlar olib borilmoqda. Viloyatda to‘rtta gaz to‘ldirish shahobchasi hamda 2 ta gaz stansiyasi mavjud. Mazkur gaz to‘ldirish shahobchalarining kunlik suyultirilgan gaz qabul qilish quvvati 450 tonnani, kunlik tarqatish quvvati esa 83 tonnani tashkil qiladi.
Joriy yilning may oyida viloyat bo‘yicha 1 152,60 tonna suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga yetkazib berilishi taʼminlandi. Yil boshidan esa 6 057,84 tonna suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga yetkazildi.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozim, aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlar yetkazilish barobarida ulardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish yuzasidan ham isteʼmolchilarga keng maʼlumotlar berilmoqda.Maishiy gaz ballonda texnik nosozlik kuzatilganda, uni taʼmirlash va soz holatdagina foydalanish bo‘yicha ham tavsiyalar aytib o‘tilmoqda.
Xususan, belgilangan meʼyorga ko‘ra, gaz ballonlar besh yilda bir marta bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi lozim. Sinash jarayonida gaz ballon bosimga dosh bermasa, tashqi ko‘rinishi ko‘zdan kechirilganida nuqson aniqlansa, bu gaz ballonlar foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, taʼmirlanadi. Ballonlar bosim ostida sinovdan o‘tgach, ularning pasportiga yana besh yil foydalanish mumkinligi haqida maxsus belgi qo‘yiladi. Bu boradagi tavsiyalarga amal qilish aholini maishiy gaz ballonlardan xavfsiz foydalanishiga xizmat qiladi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati