Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2022-2023 yil qish mavsumidagi anomal sovuq xavo harorati kommunal xizmati ko’rsatish tizimi xodimlarini jiddiy sinovdan o’tkazdi. Shu sababli 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga hozirlik tadbirlari boshlab yuborilgan.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholi va ulgurji iste’molchilarni isitish mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, ayni kunlarda filialning shahar va tumanlar bo’limlari muhandis-texnik xodimlari tomonidan tabiiy gaz tarmoqlari, uskuna va qurilmalar taftish qilinib, aniqlangan muammolar o’z vaqtida va sifatli bartaraf etilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o’tgan davri davomida 12,5 km tabiiy gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, 22,8 km yangi gaz quvurlarini tortish, 44 dona gaz taqsimlash qutilarini mukammal ta’mirlash, 7 ming 942 dona gaz taqsimlash qutilarini taftishdan o’tkazish, 689 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikga sinash va xavo bosimi yordamida tozalash, 482,2 km yer osti gaz quvurlarini pribor usuli yordamida xolatini tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bulardan ko’zlangan asosiy maqsad, kuz-qish mavsumi davomida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.