Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJda 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila mustahkamligi jamiyat tinchligining garovi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi Umida Abdullayeva va Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv mahorat” kafedrasi mudiri Lola Inagamova ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy-gumanitar jarayonlarda faolligini oshirish, ayollarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish kabi masalalarga toʻxtalib oʻtildi.
Bugungi kunda “Hududgaztaʼminot” AJda 1039 nafar xotin-qizlar turli yoʻnalish va lavozimlarda mehnat qilib kelayotgan boʻlib, ularning 26 nafari rahbar lavozimida faoliyat yuritmoqda. Jamiyat va uning hududiy filiallarida gender tenglikni taʼminlash, sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.