Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni bir maromda va uzluksiz yetkazib berish boʻyicha amaliy ishlar davom ettirilyapti. Olis hududlardagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻz vaqtida yetkazilmoqda.
2024-yilning 28-fevral kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan 100,9 million kub metr tabiiy gaz, 1440 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Hududgaztaʼminot” AJning Respublika boʻyicha 262 ta avariya brigadalari joylarda muammolarni bartaraf etmoqda. 28-fevral kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar “Т.Малик” MFY, Toshkent viloyati Bekobod tumani “Gʻalaba” MFY, Parkent tumani “Mozorhoji” MFY va Qibray tumani “Oʻngqoʻrgʻon” MFYlarida gaz sizib chiqish holatlari aniqlandi. Gaz taʼminoti filiallari xodimlari avariya-tiklash ishlarini olib borishdi va isteʼmolchilar uchun gaz taʼminotini qayta tiklashdi.
“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini oʻchirishni soʻraydi. Shu bilan birga, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qoʻlbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib oʻtadi.
Qayd etib oʻtish kerak, shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish tabiiy gazdan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini beradi. Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmasa gaz taʼminotiga cheklovlar kiritiladi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
“Hududgaztaʼminot” AJ tizimi mutaxassislari barcha takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqami orqali, gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlarni 104 raqami orqali qabul qiladilar.