Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada shahar va tuman gaz taʼminoti boʻlimlaridan 42 nafar ishtirokchilar 7 jamoaga boʻlingan holda ishtirok etishdi. Oʻyin gʻoliblik uchun murosasiz bahslarga boy kechdi. Qizgʻin kechgan oʻyinning yakuniy natijalariga koʻra 3-oʻrinni “Everest”, 2-oʻrinni “Moliyachi” faxrli birinchi oʻrinni esa “Tafakkur” jamoasi qoʻlga kiritdi.