Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maʼlumki, maishiy isteʼmol uchun aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha “Hududgazta’minot” АJ tomonidan isteʼmolchilarga maxsus ID-kartalar yetkazib berilgan. Shuningdek, “E-Gaz” dasturi ishlab chiqilib, unda barcha isteʼmolchilar va maishiy gaz ballonlarning roʻyxati shakllantirilgan.
Asosiy maqsad — isteʼmolchilarni belgilangan muddatlarda uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, aholi va gaz taʼminoti tashkilotlari oʻrtasidagi anglashilmovchiliklarning oldini olish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan holda qulaylik yaratish hisoblanadi. Avtomatlashtirish jarayonini sifatli joriy etish hamda amalda oʻz natijalarini koʻrsatishi uchun nafaqat gaz taʼminoti xodimlari, balki bevosita isteʼmolchilarning ham eʼtibor va saʼy-harakatlari zarurdir. Ularga birinchi marotaba bepul taqdim etiluvchi ID-kartalardan ehtiyotkorlik bilan, maqsadli foydalanishlari va ushbu kartalarni aslo uchinchi shaxslarga bermasliklari, shuningdek, foydalanishda boʻlgan maishiy gaz ballonga biriktirilgan maxsus bar-kodli yorliqlarni asrash choralarini koʻrish talab etiladi. Buxoroda bu borada tushuntirishlar davom etmoqda. Yangi isteʼmolchilar soni ortib borayotganligi sabab ularga maxsus kartalar berilib, toʻlovlar onlayn qabul qilinmoqda. Raqamlarga yondashadigan boʻlsak, viloyatda istiqomat qiluvchi suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 173612 dona ID-kartalar tarqatilgan boʻlib, toʻlovlar onlayn amalga oshirilmoqda. Gaz ballonlarining 348120 donasidan ortigʻida esa maxsus stikerlar yopishtirildi.
Maʼlumot uchun, yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan tizim quyidagi qulayliklarni oʻz ichiga oladi:
Taʼminotning xizmat koʻrsatish sohasida ilgʻor axborot texnologiyalarni joriy etish; Suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berishda shaffof toʻlov tizimi va hisobining yuritilishi orqali qoʻshimcha qulayliklar yaratish; Koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida, nazorat ostida amalga oshirilish imkonini yaratish; Аvtomatlashtirilgan tizim amaldagi qogʻozbozlikka boʻlgan ehtiyojni yoʻq qiladi, eng asosiysi, xizmat koʻrsatish shaffofligiga salbiy taʼsir etuvchi inson omillarining oldini oladi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati