Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” direksiyasi
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” direksiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 09-iyuldagi «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4388-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish va shu bilan birgalikda «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va xisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi” filiali tashkil etildi va filialning asosiy bajaradigan vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ‒4840-son qaroriga muvofiq 3 546 148 ta elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish va tizimni to‘liq ishga tushirish belgilandi.
Hozirgi kunda, jami 3 546 148 ta gaz hisoblagichlari hududlarga yetkazib berildi, ularning barchasi o‘rnatilidi. Shuningdek, o‘rnatilgan hisoblagichlarning barchasi ma’lumotlarni qayta ishlash bazasiga ulanib, masofadan onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimining ishlash tamoyili.
Taxririyat sanasi: 17.05.2023 14:40
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!