Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Akkreditatsiya jarayoni va so'rovlarini ko'rib chiqish tartibi
AKKREDITASIYA JARAYONI
Ommaviy axborot vositalari vakillarini "Hududgazta'minot" AJ huzurida akkreditasiya qilish tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditasiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" gi 243-son qaroriga muvofiq "Hududgazta'minot" AJ huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditasiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
– tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
– akkreditasiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
– kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil ma'lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma'lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma'lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.
Yuborilgan ariza belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot avositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditasiya qilish tartibi to‘g‘risida Nizom.
AXBOROT OLISHGA DOIR SO'ROV JARAYONI
"Hududgazta'minot" AJ faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni qabul qilish tartibi:
O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq "Hududgazta'minot" AJ faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi quyidagicha belgilangan.
- So‘rovlar "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak
- Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.
- So‘rovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
- Quyidagilar so‘rov hisoblanmaydi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;
- taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan axborotning ayrim turlari;
- davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishga doir so‘rovlari.
- Axborotdan foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, so‘rovda ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
Yuborilgan so‘rovlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA
"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati
Taxririyat sanasi: 12.05.2022 16:13
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!