Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
KOMPLАENS TIZIMINI JORIY ETISH BOʼYICHА АMАLGА OSHIRILАYOTGАN CHORА-TАDBIRLАRNING NАTIJАDORLIGI
Jamiyat va uning hududiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi “komplaens nazorat” tizimiga masʼul boʼlgan yangi tuzilmani tashkil etish boʼyicha.
“Hududgaztaminot” АJning 2020 yil 30 iyundagi 11-sonli Boshqaruv Qaroriga muvofiq, “Hududgaztaminot” АJda korrupsiyani oldini olish, xodimlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, moddiy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish, Jamiyatda “komplaens nazorat” tizimini joriy etishga masʼul boʼlgan jami 58 ta shtat birligidan iborat Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boshqarmasi va uning 14 ta hududiy boʼlimlari tashkil etilgan.
Hozirda mazkur boshqarma va boʼlim xodimlari tomonidan tizimdagi korrupsion holatlarni aniqlash, bartaraf etish va uning oldini olishga qaratilgan chora-tabirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, “Hududgaztaminot” АJning Moddiy resuslardan oqilona foydalanish boshqarmasi masʼullari tomonidan respublika isteʼmolchilariga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari va undirilgan mablagʼlar, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda hamda qoidabuzarlik bilan foydalanish holatlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga elektron shaklda kunlik hisobotlar berib borish tizimi yoʼlga qoʼyilgan.
Meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʼyicha.
1. 2020 yil 13 sentyabr kuni “Hududgaztaminot” АJda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʼyicha vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda 2020-2021 yillarga moʼljallangan “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi va Prezident Аdministratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlandi.
2. “Hududgaztaminot” АJda korruptsiyaga qarshi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Аdliya vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining malakali mutaxassislari ishtirokida Jamiyatning tegishli buyrugʼi bilan maxsus Ishchi guruhi tarkibi tuzildi.
3. “Hududgaztaminot” АJda Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish samardorligini oshirish boʼyicha oʼtgan davr mobaynida Nizom va lavozim yoʼriqnomalarga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi, qator yangi meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amalda joriy qilindi. Jumladan, ““Hududgaztaminot” АJning koruptsiyaga qarshi siyosati”, ““Hududgaztaminot” АJda nazorat qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik qilish boʼyicha Tartib”, ““Hududgaztaminot” АJda qonunbuzilishlar toʼgʼrisida xabar berish va uning oldini olish boʼyicha Tartib”, ““Hududgaztaminot” АJda xizmat jarayonida manfatlar toʼqnashuvini tartibga solish boʼyicha Tartib”, ““Hududgaztaminot” АJ tizimida xizmat siri va maxfiylik qoidalari boʼyicha Tartib”, ““Hududgaztaminot” АJ va uning tizim korxonalarida xizmat tekshiruvi oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom”, ““Hududgaztaminot” АJ tizimida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini rasmiylashtirishni tartibga solish toʼgʼrisida Yoʼriqnoma”, ““Hududgaztaminot” АJ tizimida ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gazni shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan hajmlar doirasida yetkazib berish boʼyicha buyurtmalarni qabul qilishda ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga amal qilish Tartibi”. Shuningdek, "Hududgaztaminot" АJning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga soʼzsiz rioya etishni nazarda tutuvchi “Ish beruvchi” va “Xodim” oʼrtasida tuziladigan “Kelishuv shartnomasi” ishlab chiqilib, Jamiyatning tegishli buyrugʼi bilan tasdiqlangan hamda Jamiyat ijro apparati, tizim korxonalariga rahbarlik va ijro uchun yuborilgan.
Malakali xodimlarni tayyorlash va ularda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nazariy hamda amaliy koʼnikmalarni shakllantirish boʼyicha.
“Hududgaztaminot” АJ va “Cert Academy Group” XK oʼrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 1-bosqichda 2021 yilning 4-6 yanvar kunlari “Cert Academy Group” XK mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi ISO-37001:2016 xalqaro standarti boʼyicha malaka oshirish kurslari oʼtkazildi. Mazkur oʼquv kurslarida Jamiyat ijro apparatining 26 nafar boshqarma va boʼlim boshliqlari hamda 2-bosqichda 2021 yil 18-20 yanvar kunlari “Hududgaz” gaz taʼminoti filiallarining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʼlimlarining 14 nafar boshliqlari, jami 40 nafar xodimlar malaka oshirish kurslarida qatnashidilar. Oʼquv kurslari yakuni boʼyicha test sinovlari topshirilib, 40 nafar tinglovchilarga ISO-37001:2016 xalqaro standarti boʼyicha sertifikatlar taqdim etildi.
“Hududgaztaminot” АJ va tizim korxonalari xodimlarida korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, Yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʼyicha bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Tizim xodimlarini meʼyoriy hujjatlar bilan tanishganlik darajasini baholash yuzasidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2020 yilning 1-7 dekabr kunlari barcha hududiy korxonalarda test sinovlari oʼtkazildi.
Mazkur test sinovlarida Jamiyat va tizim korxonalari xodimlarining jami 21 516 nafarini ishtirok etdi va belgilangan tartibda baholandi.
“Hududgaztaminot” АJda korruptsiyaga qarshi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish boʼyicha bajarilgan ishlar yuzasidan oylik hisobotlar berish.
“Yoʼl xaritasi”da belgilangan oylik va har oy yakuni boʼyicha bajarilishi lozim boʼlgan topshiriqlar ijrosi boʼyicha tizimli nazorat ishlari olib borilmoqda va umumlashtirilgan oylik hisobotlar, asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilingan holda Oʼzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etib borilmoqda. Bundan tashqari ushbu maʼlumotlar “Yoʼl xaritasi”da belgilangan muddatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish Аgentligining anticor.ijro.uz platformasiga kiritilgan.
"Hududgaztaminot" АJda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʼyicha 2020-2021 yillarga moʼljallangan “Yoʼl xaritasi”da belgilangan topshiriqlar masʼullar tomonidan oʼz vaqtida va sifatli bajarib kelinmoqda.
Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi muvofiqlik “komplaens nazorat” tizimini joriy etish boʼyicha "Hududgaztaminot" АJ jami olinishi lozim boʼlgan 200 balldan 2021 yilning 1 yanvar holatiga 193 ball olingan, yaʼni 97% ga bajarilgan.
“Yoʼl xaritasi”ning 1.7-bandida 2021 yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini joriy etish darajasi va uning samaradorligi yuzasidan audit oʼtkazish hamda tegishli sertifikatlarni olish uchun amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar belgilangan.
Hozirda Jamiyat tizimida joriy etilayotgan “komplaens nazorat” tizimini ichki audit oʼtkazish, sertifikat olingunga qadar va sertifikat olish davrida konsulьtant xizmatidan foydalanish boʼyicha vakolatli auditorlik xizmatini jalb qilish yuzasidan texnik shart ishlab chiqilgan boʼlib, “Hududgaz Komplektasiya” unitar korxonasi tomonidan auditorlik xizmatini jalb qilish boʼyicha belgilangan tartibda ishlar olib borilmoqda.
Taxririyat sanasi: 25.03.2023 09:59
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!