Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.M.Xodjayevning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
MUROJAATI
Barchamizga maʼlumki korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga boʻlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha jahonda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu davlatlar qatori bizning ham mamlakatimizda ham korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha izchil islohotlar olib borilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida gaz taʼminoti tizimini xalqaro tajribalarga asosan raqamlashtirish va modernizatsiya qilish orqali korrupsiyaga moyil boʻlgan sohalarda inson qatnashish omili qisqartirish hamda tizimni “Korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Mamlakatimizda barcha sohalarda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi, PF-77-son “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uygʻunligini, ulardagi korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha koʻrsatmada belgilangan talablar va tartib-tamoyillarga asosan ishlar olib borilmoqda.
Berilgan koʻrsatmaga asosan jamiyatda komplayens nazorat boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida tizimning aloqador tuzilmalari bilan hamkorlikda salmoqli ishlar tashkil etilganligi natijasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning keskin kamayishiga va Jamiyat manfaatlarining himoya qilinishiga erishildi.
Komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʻyicha ichki idoraviy normativ-huquqiy meʼyoriy hujjatlarda belgilangan ishlar davom ettirilib kelinmoqda.
“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiyaga qarshi siyosat talab va tartib-tamoyilariga qatʼiy rioya qilishlariga, korrupsiya bilan bogʻliq noqonuniy harakatlarga yoʻl qoʻymaslikka, korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz va toqatsiz munosabatda boʻlishga, oʻz xizmat vazifalarini halol, vijdonan va xolis bajarishga hamda kelajak avlodga korrupsiyadan holi sohani qoldirishda xizmat qilishlariga chaqiraman.
Ishonch telefoni: 1104 (24/7) yoki (71) 202-11-04
Elektron pochta: http: //info@hududgaz.uz
Telegram bot: http://hgt_antikor_bot
Taxririyat sanasi: 10.12.2024 15:48
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!