Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"SMART MANAGEMENT" o'quv markazi tomonidan o'tkazilgan o'quv seminarida "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali va tumangaz bo'limlarining Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarni oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo’limlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarida ISO 14001 va ISO 45001 xalqaro standartlari talablariga muvofiq soha vakillarining "Integrasiyalashgan boshqaruv tizimining ichki auditori" mavzusida malakalari oshirildi.
Mutaxassislar o'zlariga kerakli bilim, tajribalarini olishdi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati