Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun "Jomboytumangaz" gaz ta’minoti bo’limi binosida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulotda holatlarning oldini olish bo’limi tomonidan o’quv amaliy seminar o’tkazildi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali shahar va tumanlar bo’limlari tegishli soha mutahassislari ishtirok etgan tadbirda, axoli va ulgurji iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishda xavsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ta’kidlandiki, gaz ta’minoti tizimida baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning bilim sa’viyasini oshirish bo’yicha soha muhandis-texnik xodimlarining bilimi va tajribasini oshirish zarur.
O’quv amaliy seminar davomida qatnashchilarga tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi. Gaz plitalari, isitish tizimlaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan jixoz va uskunalarni ishlatish qoidalari atroflicha tushuntirildi.