Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yil 1 apreldan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi idoralararo yagona elektron tizimining takomillashgan, qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan yangi talqini - "EDO.IJRO.UZ" ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan, 2023 yil 17 aprel kuni "Hududgaztaʼminot" aksiyadorlik jamiyati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tizim tashkilotlari nazorat va murojaat bo‘limlari xodimlari uchun yangi "EDO.IJRO.UZ" elektron tizimining afzalliklari bo‘yicha "Unicon soft" kompaniyasi tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
"Hududgaztaʼminot" aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda “Unicon soft” kompaniyasi mutaxassislari mazkur tizimdan qanday foydalanish haqida maʼlumot berdi. Tizimning ishga tushirilishi ijrochilarga qulaylik yaratish bilan birga ijro holatining shaffofligini, qog‘ozbozlikni kamaytirishga va xat-hujjatlarning elektron aylanmasiga o‘tishga xizmat qiladi.