Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Prezidentimizning taklifi bilan 11 noyabr — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” etib belgilangan. Bugun ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda "Hududgaz Sirdaryo" GTF rahbariyati va tuman-shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan Boshlang‘ich kasaba uyushmasi rasi N.Chinnibekov barchani bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi. Ishchilarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashda kasaba uyushmalarining hissasi kattaligini ta’kidladi.
Boshlang‘ich Kasaba uyushmasining tashabbusi va say-harakatlari bilan ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etilib, bir guruh kasaba uyushma faollariga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, ko'p yillar sohada mehnat qilgan 3 nafar xodimlar nafaqaga kuzatildi.
Taniqli san’atkorlar, ashula va raqs ansambllari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati