Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 fevraldagi "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-54-sonli qarori bilan yoqilg‘i-energiya resurslarian noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilangan.
Shu sababli, "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filialining “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” hamda "Kadrlarni boshqarish" bo‘limi mas'ul xodimlari Sardoba, Oqoltin, Xovos tumanlari va Yangiyer shahardagi gaz ta'minoti bo‘limi rahbar-xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazdi.
Unda jamoa xodimlari ishtirokida gaz ta'minoti tizimida olib borilgan reydlar va buning oqibatida noqonuniy hatti-harakatlari uchun aybdorlarga qo‘llanilgan jinoiy javobgarlik aks etgan videorolik tanishtirildi.
Shu bilan birga, xodimlar tomonidan noqonuniy korrupsion hatti-harakatlar sodir etganda qonun oldida qat'iy javobgarlik belgilanishi haqida ogohlantirildi.