Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sayt (veb-sayt, Internet-sayt) – doimiy ravishda Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda (veb-serverlarda) joylashtirilgan ma’lumotlarga (veb-sahifalarga) ega fayllar toʻplami. Shu sababli, internetga kirish imkoniga ega boʻlgan har bir kishi uchun mavjud.
Bosh sahifa – veb-saytning bosh sahifasi.
Ochiq ma'lumotlar – mualliflik huquqi, patentlar va boshqa nazorat mexanizmlarining cheklovlarisiz mashinada oʻqiladigan foydalanish va keyingi nashr qilish uchun ma'lum ma'lumotlarga erkin kirish imkoniyatini aks ettiruvchi tushuncha.
Fuqarolarning murojaatlari – murojaatingizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning virtual qabulxonasi pm.gov.uz orqali qoldirishingiz mumkin.
Ishonch telefoni – fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini tun-u kun va uzluksiz qabul qilish.
Saytning mobil versiyasi – agar siz mobil telefondan foydalanayotgan boʻlsangiz va saytning oʻzi buni aniqlamagan boʻlsa, unda siz saytning mobil versiyasi imv.uz ga oʻtishingiz mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat – bu qonun hujjatlarida belgilangan shaklda qabul qilingan, qonun hujjatlari normalarini umumiy majburiy davlat qoidalari sifatida belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.
GTF – Gaz ta’minoti filiali - Hududlarda tabiiy gaz ta’minotini tashkil etish, gaz tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi filial.
GTP – Gaz taqsimlash punkti - Magistral yoki yuqori bosimli gaz tarmoqlaridan kelayotgan gaz bosimini pasaytirib, uni mahalliy gaz tarmoqlariga taqsimlab beruvchi texnologik inshoot.
EGHU – Elektron gaz hisoblash uskunasi - Tabiiy gaz sarfini elektron tarzda o‘lchash, hisoblash va nazorat qilishga mo‘ljallangan zamonaviy hisoblagich qurilmasi.
GTSH – Gaz to‘ldirish shoxobchasi - Suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish nuqtasi.
GTS – Gaz to‘ldirish stansiyasi - Suyultirilgan gazni saqlash, qayta ishlash va maxsus transport vositalariga yoki ballonlarga to‘ldirish uchun mo‘ljallangan yirik texnologik majmua.
SUG – Suyultirilgan uglevodorodli gaz - Propan va butan aralashmasidan iborat bo‘lgan, maxsus bosim ostida suyultirilgan holda saqlanadigan va maishiy hamda sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan gaz turi.
AGTSH – Avtomatik gaz taqsimlash shoxobchasi - Gaz bosimini avtomatik ravishda tartibga solib, gazni iste’molchilarga xavfsiz va barqaror yetkazib berishni ta’minlaydigan texnologik qurilma.
TGHNAT – Tabiiy gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi - Tabiiy gaz iste’moli, yetkazib berilishi va hisobini masofadan turib monitoring qilish, tahlil qilish hamda nazorat qilish imkonini beruvchi tizim
Taxririyat sanasi: 13.03.2026 11:50
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!