Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025 yil “28” avgust kuni o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilish soat 10:00 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uyda joylashgan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 09:45 da boshlanadi.
KUN TARTIBI:
1. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2025 yil 7 fevraldagi bayonnomasiga asosan Jamiyatning yangi tahrirda qabul qilingan Ustavini tasdiqlash.
4. Jamiyat kuzatuv kengashining 2025 yil 30 maydagi bayonnomasiga asosan Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
5. Jamiyat kuzatuv kengashining 2025 yil 30 maydagi bayonnomasiga asosan kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2025 yil 6 avgust holatiga, yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri esa 22 avgust holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy. Jamiyatning rasmiy veb-sayti: hududgaz.uz Elektron pochta: info@hududgaz.uz, korporativ@hududgaz.uz Tel.: (71) 281-16-85 (316)
Taxririyat sanasi: 13.08.2025 16:49
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!