Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizning barcha hududlarida 25 noyabrdan 10 dekabr kuniga qadar “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda va bu ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda.
“Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filialining majlislar zalida “Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish” kuniga bagʻishlab davra suhbati oʻtkazildi.
Unda”Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filialining Boshlangʻich Kasaba uyushmasi xodimlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha vakillari, shuningdek, filial va tuman-shahar gaz taʼminoti boʻlimi xotin-qizlari ishtirok etdi.
Dastlab, IIBning Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi Muhabbat Xidiraliyeva zoʻravonlikka qarshi kurashda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar hamda zoʻravonlikning turlari toʻgʻrisida misollar tariqasida soʻzladi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligi, ruhiy ijtimoiy barqarorligi ham jamiyatda oʻz oʻrnini topishda, zoʻravonlik qurboniga aylanib qolmaslikda muhimligi alohida taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.