Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. So‘nggi yillarda gaz sohasi tizimida ham mazkur illatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Tizim korrupsiyaga qarshi kurash borasida o‘zining alohida siyosatiga ega, tizimda xodimlarni korrupsiyadan himoya qilish borasida barcha huquqiy baza shakllantirilgan.
Joylarda soha xodimlarining bu borada huquqiy savodxonligini oshirish, mazkur illatga qarshi ularda immunitet hosil qilish, ularni “halollik” vaksinasi bilan emlash maqsadida muntazam tarzda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar, profilaktik suhbatlar tashkil etib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan yana biri “Jalaquduqtumangaz” hamda “Qo‘rg‘ontepatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limlarida bo‘lib o‘tdi.
“Hududgaz Andijon” gaz taxminoti filialining “Moddiy resurlardan oqilona foydalanish hamda korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini amalga oshirish” bo‘limi, Kadrlar bo‘limi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari o‘z nutqida gaz tizimini korrupsiyadan xoli qilish soha oldida turgan eng ustuvor vazifa ekanligi, bu borada soha xodimlari boshqa davlat idoralariga namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta'kidlab o‘tdilar. Shuningdek, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsion jinoyatlar tahlili, korrupsiyaga qarshi kurashishda “komplaens-nazorat” tizimining ahamiyati xususida batafsil ma'lumotlar berdilar.
O‘zaro savol-javob, ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida xodimlarning fikr-mulohazalari xamda takliflari tinglandi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati