Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etishga sabab boʻlayotgan omillarini aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filialida oʻtkazilgan davra suhbati shu mavzuda boʻldi. Tadbirda korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, uning oqibatlari haqida aytib oʻtildi hamda ushbu xatti-harakat yuzasidan qonunchilik bazasi mustahkamlab qoʻyilganligi, jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Aytish kerak, bu kabi tadbirlar ishchi-xizmatchilarni shaxsiy javobgarligini oshirish oʻz ishiga vijdonan yondashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati