Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ikkita shunday holat gaz taʼminoti tizimi mutaxassislari ishtirokida Toshkent va Samarqand viloyatlarida oʻtkazilayotgan profilaktik nazorat tadbirlari davomida qayd etildi.
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani “Yangi sanoat” MFYda istiqomat qiluvchi I.Ilyasovga tegishli xonadonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan holda sutni qayta ishlash sexi tashkil etilgani aniqlandi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida esa fuqaro oʻz uyida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib, bir nechta qozonda sumalak tayyorlayotgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmini qayta hisob-kitob qilish va jarima miqdorini aniqlash jarayonlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerak, sohaga joriy etilgan “ASKUG” tizimi tabiiy gaz isteʼmolini har bir mahalla va xonadon kesimida chuqur tahlil qilish imkonini beradi. “Zangori” yoqilgʻi isteʼmoli hajmlarini doimiy ravishda monitoring qilish evaziga tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzilish holatlari tezda aniqlanmoqda. Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan qonunchilikka rioya qilib, “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanmaslikni va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni soʻraydi.