Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta'minot” AJ vakili Vohidjon Sodiqov Shahrixon tumanidagi “Yuzlar” va “Nazarmahram” MFY vakillari bilan uchrashdi.
Dastlab “Yuzlar” mahallasi fuqarolarining suyultirilgan gaz ta'minoti borasidagi muammolar tinglandi. Unda To‘lanboy Xoliqov, Hasanboy Xolmatov, Bozorboy Nazarov, Gulbahor Abdullaevalarning murojaatlariga quloq tutildi. Ta'minotda suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muddatning biroz cho‘zilganligi, ID kartalar ishlash tartibi, maishiy gaz ballon olish va boshqa yo‘nalishdagi savollar bo‘yicha mas'ullarning tushuncha va tavsiyalari eshitildi.
“To‘g‘risi maishiy gaz ballonni yaqinda alishtirgandim. Gaz sizib siqish holatini sezib, ishlatmay turgandim. Qaerga yoki kimga murojaat qilishni ham bilmay turgandim. Bu bo‘yicha murojaat qilgandim, shu paytni o‘zidayoq uyimga gazchilar kirishib, murojaatimni ijobiy hal qilishdi”, - deydi mahallaning “Dehqonobod” ko‘chasida yashovchi Nafisaxon Isaqova.
Sayyor qabul vaqtida maishiy gaz ballon so‘rab murojaat qilgan Faridaxon Ermatova va Nargizaxon Darvishevalarning ham murojaati ijobiy hal etildi.
“Nazarmahram” MFYda davom etgan sayyor qabulda suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalari, maishiy gaz ballon va ID kartalar olish tartibi, ta'minot muddati, nazorat tarozilari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati