Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni joyida bevosita bartaraf etish va murojaatlar sonini keskin kamaytirish maqsadida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktorining o‘rinbosari I.Mamadjanov tomonidan joriy yil 29 iyul kuni Namangan viloyati, Chust tumani, “Dehqonobod” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul gaz taʼminoti korxonasi hamda isteʼmolchilar o‘rtasida taʼsirchan va samarali ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, "Dehqonobod" MFY hududida yashovchi aholi va tadbirkorlarning ko‘targan masalalari tinglanib tegishli tartibda muammolar joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Shu bilan birga aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi baxtsiz hodisalarni oldini olish, isteʼmolchilarning tabiiy gazdan oqilona va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan xolda foydalanish, xonadonlardagi gaz uskunalar holatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan “ID” karta olish, suyultirilgan gazni yetkazib berish muddatlarini ko‘rib chiqish, qo‘shimcha maishiy gaz ballon olish masalasida murojaatlari tinglanib ularga amaldagi tartib va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berish bilan birga barcha murojaatlarga joyda ijobiy yechim berildi.
Sayyor qabul ishtirokchilari qabul davomida berilgan tushuntirishlardan qoniqish hosil qilib, gaz taʼminoti korxonasi masʼul rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.