Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi B. Eshmuratov “GazGreen Asia LLC” kompaniyasi direktori K. Jeyms (AQSh) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muhokama markazida gaz ta’minoti tizimida issiqxona gazlarining tashlanmalarini kamaytirish masalasi bo‘ldi.
Ayni vaqtda Toshkent viloyatida issiqxona gazlari tashlanmalarini kamaytirish borasida pilot loyiha amalga oshirilayotgani qayd etib o‘tildi. Gaz taqsimlash punktlarini (GTP) ta’mirlash va tabiiy gaz sizib chiqishini bartaraf etish, gaz bosimi regulyatorlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Loyiha doirasida 35 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 2 million dollardan ortig‘i o‘zlashtirildi. Bundan tashqari, 200 kishi ish bilan ta’minlandi, shuningdek, gaz ta’minoti tizimlarini ta’mirlash uchun 16 xildagi turdagi asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar yetkazib berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar boshqa hududlarda ham “yashil iqtisodiyot” sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.