Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Inson xavfsizligini ta’minlash, ish joyida qulay sharoit yaratib berish, muhimi, ularning adolatli mehnat sharoitlarida faoliyat olib borishlarining tashkil etilishida mamlakatimizda e’tibor kuchaytirildi.
Darhaqiqat, xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan buyon 28-aprel kuni “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilindi. Ushbu kunda aksariyat davlatlarda ish joylarida sodir bo’layotgan baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, bizning mamlakatimizda ham bu bo’yicha keng ko’lamli ishlarga qo’l urildi.
Sana munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ tomonidan tashkil etilgan videoselektr yig’ilishida “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo’limlaridagi mehnat muhofazasi vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda xodimlarning mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, sog’lom, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, xavfsizlik texnikasi choralarini ko’rish, shuningdek, boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishga e’tibor qaratilishi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
“Tashkilotda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning mehnat faoliyatini xavfsiz ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bugungi yig’ilish davomida gaz ta’minoti filialida olib borilayotgan jarayonlar hamda xodimlarning mehnat vazifalari to’liq tushuntirildi. Ayniqsa, mehnat muhofazasining dolzarbligi inson hayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liq ekan, xavfsizlik, salomatlik, ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar ham uning asosini tashkil etishi ta’kidlandi. Muhimi esa faoliyatimizga e’tibor bilan yondashish lozimligi ta’kidlandi”, – deydi “Kogongaz” gaz ta’minoti bo’limi mas’ul xodimi Xurshid Turdiyev.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati